platina.uz
Jamiyat

Navoiyning toʻrt hududida noqonuniy oltin qazib olayotganlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar oʻtkazilgan. 

Navoiyning toʻrt hududida noqonuniy oltin qazib olayotganlar aniqlandi

Oltinni noqonuniy qazib olish va qumdan ajratish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Tomdi tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro O.I. va boshqalar “Bessopan” sanoat maydoni hududidan tarkibida umumiy bahosi 569,8 mln soʻmlik 315,1 gramm oltin moddasi boʻlgan 5 200 kg maʼdanli toshlarni noqonuniy ravishda qazib olgan vaqtida ushlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Konimex tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar T.T. va T.Gʻ. oʻzaro til biriktirib, “Karakata” OFY hududida tarkibida oltin moddasi boʻlgan qum va toshlarni oltin izlovchilar usulida maxsus uskunalar orqali qazib olish faoliyati bilan shugʻullanib kelayotganliklari aniqlangan.

Departamentning Xatirchi tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro U.R. “Zarafshon” MFY hududidagi xonadonida qum va toshdan oltin ajratib olish bilan shugʻullanib kelganligi aniqlanib, undan tarkibida oltin zarralari boʻlgan 160 kg qum-toshlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, fuqaro S.X. ham “Zarafshon” MFY hududidagi xonadonida qum va toshdan oltin ajratib olish bilan shugʻullanib kelganligi aniqlanib, undan tarkibida oltin zarralari boʻlgan 300 kg qum-toshlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 196-2-moddasi (foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid