Andijonda soxta prokuratura xodimi qoʻlga olindi
U kasb-hunar maktabida haydovchilik guvohnomasiga oʻqitish markazi ochish uchun guvohnoma olib berishini aytib, tanishi orqali pora olgan.

Andijonda soxta prokuratura xodimi qoʻlga olindi.
Bosh prokuraturaning shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi, Andijon viloyat Departamentining Oltinkoʻl tumani boʻlimi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.
Aniqlanishicha, Oltinkoʻl tumani MMTBga qarashli 2-son kasb-hunar maktabi direktori X.E. Departamentning Oltinkoʻl tumani boʻlimi boshligʻi nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U oʻzining murojaatida Oltinkoʻl tumanida yashovchi “Otabek” ismli shaxs oʻzni Andijon viloyati prokuraturasida ishlashini bildirgan “Abdurahmon” ismli tanishi orqali ariza muallifi rahbarlik qilib kelayotgan kasb-hunar maktabida haydovchilik guvohnomasiga oʻqitish markazi ochish uchun guvohnoma olib berishini bildirib, buning evaziga 10.000 AQSh dollari talab qilib, talab qilingan pullar hisobidan 4.000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Gumonlanuvchi O.M. ning arizasiga asosan tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro A.Yu. gumonlanuvchi O.M. dan 4.000 AQSh dollari olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Oʻrganishlar davomida qoʻlga olingan fuqaro A.Yu. davlat idoralarida, shuningdek, prokuratura organlarida ishlamasligini, aldov yoʻli bilan olingan pullarni oʻz ehtiyoji uchun sarflamoqchiligini bildirgan.
