platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Britaniya fuqarolarini mukofotladi

Ular ikkinchi jahon urushi paytida konslagerdan qochgan oʻzbekka yordam koʻrsatib, jonini asrab qolgan.

Shavkat Mirziyoyev Britaniya fuqarolarini mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya fuqarolari – marhum Jon va Fillis Emili Le Bretonlarni “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotladi.

Ular ikkinchi jahon urushi davrida oʻz hayotlarini jiddiy xavf-xatarga qoʻyib boʻlsa-da, Jersi orolidagi fashistlar konslageridan qochib chiqishga muvaffaq boʻlgan oʻzbekistonlik askar Boqijon Akramovga oʻz uylaridan joy berib, uning jonini asrab qolgan.

Orden “ulkan jasorat va insonparvarlik fazilatlarini namoyon etganlari, dunyo xalqlari oʻrtasida tinchlik, doʻstlik va birodarlik gʻoyalarini targʻib etishda alohida oʻrnak koʻrsatganlari uchun” uchun berilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid