platina.uz
Sport

Javohir Sindarov yil oxirida jahon chempionligi uchun kurash olib boradi

Tadbir umumiy byudjeti 8,5 mln dollarga baholanmoqda, minimal mukofot jamgʻarmasi esa 2,5 mln dollarni tashkil etadi.

Javohir Sindarov yil oxirida jahon chempionligi uchun kurash olib boradi

Javohir Sindarov yil oxirida jahon chempionligi uchun kurashadi.

FIDE 2026 yilda jahon chempioni unvoni uchun boʻlib oʻtadigan oʻyin sanalarini rasman eʼlon qildi. Oʻzbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov 23 noyabrdan 17 dekabrga qadar amaldagi chempion Gukesh Dommaraju (Hindiston) bilan bahs olib boradi.

Musobaqa oʻtkaziladigan shahar hozircha aniqlanmagan. FIDE arizalarni 31 maygacha qabul qiladi.

Bu shaxmat tarixidagi eng “yosh” final boʻladi. Uchrashuv boshlanishida har ikki grossmeyster atigi 20 yoshda boʻladi.

Sport tadbirining umumiy byudjeti 8,5 mln dollarga baholanmoqda, minimal mukofot jamgʻarmasi esa 2,5 mln dollarni tashkil etadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid