platina.uz
Jamiyat

"Elektron retsept" tizimi bekor qilinmaydi

Tibbiyot tashkilotlari va dorixonalarda retsept bilan beriladigan dori vositalari elektron retsept tizimiga toʻliq oʻtkaziladi. 

"Elektron retsept" tizimi bekor qilinmaydi

"Elektron retsept" tizimi bekor qilinmaydi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Tarmoqda “Elektron retsept” tizimi bekor qilindi” mazmunida xabarlar tarqalmoqda. Bunga Sogʻliqni saqlash vazirligining Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan “Elektron retsept” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tartibini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyruq loyihasi asos qilib keltirilyapti.

Vazirlik ushbu holat yuzasidan izoh berib oʻtdi.

Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025 yil 15 dekabrdagi 25-son buyrugʻida “Elektron retsept” tizimi asosida beriladigan dori vositalarining roʻyxati bosqichma-bosqich shakllantirilishi koʻzda tutilgan.

Yaʼni birinchi bosqichda tizimli taʼsirga ega antibiotiklar, sintetik antibakterial preparatlar hamda gormonal dori vositalari uchun elektron retsept majburiy boʻlishi belgilangan.

Yangi buyruq loyihasida esa Toshkent shahri hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta tuman (shahar)da joylashgan barcha tibbiyot tashkilotlari va dorixonalarda retsept bilan beriladigan dori vositalari elektron retsept tizimiga toʻliq oʻtkazilishi nazarda tutilmoqda (alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar, tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar saqlovchi dori vositalari hamda reimbursatsiya dasturi bilan bogʻliq jarayonlar bundan mustasno).

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid