platina.uz
Jamiyat

Andijonda 60 ming dollarga yer sotmoqchi boʻlgan mahalla raisi va hokim yordamchisi ushlandi

Ular jami 30 sotix yer maydonining bir qismini noturar, qolgan qismini turar joy toifasiga oʻzgartirib berishni vaʼda qilishgan. 

Andijonda 60 ming dollarga yer sotmoqchi boʻlgan mahalla raisi va hokim yordamchisi ushlandi

Andijonda 30 sotix yer savdosi ortidan mahalla raisi va hokim yordamchisi ushlandi.

Andijon tumanidagi MFYlardan birining raisi va ushbu mahalladagi hokim yordamchisi oʻzaro til biriktirgan. Ular 1967 y.t. fuqaroga chorvachilik maqsadida mazkur mahalla hududidan ajratib berilgan yer maydonining 2 sotixini hamda davlat zaxirasida boʻlgan 28 sotix yerni Andijon shahrida yashovchi, 1989 y.t. shaxs nomiga rasmiylashtirib berishni reja qilishadi.

Ular jami 30 sotix yer maydonining bir qismini noturar, qolgan qismini turar joy toifasiga oʻzgartirib berishni aytib, yer uchun 57 ming AQSh dollari va kadastr idoralaridagi tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirish uchun 3 ming AQSh dollari talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda mahalla raisi va hokim yordamchisi oldindan yer maydoni uchun 28 ming AQSh dollari hamda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun 3 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid