YeChL. Penaltilar shousida "Atletiko" "Arsenal" bilan durang oʻynadi
Endi final masalasi 5 may kuni Londonda hal boʻladi.

Yevropa Chempionlar Ligasining 1/2 final bosqichidan oʻrin olgan uchrashuv yakunlandi.
Unda "Atletiko" Madridda "Arsenal"ni qabul qildi.
Uchrashuvda har ikkala jamoa ehtiyotkor va himoyaviy tarzda harakat qildi. Vaziyatlarga qaramay, ikkala gol ham penaltidan kiritildi. Eʼtiborli tomoni, oʻyinda kartochka va qoʻpolliklar kam kuzatildi.
Shuningdek, 79-daqiqada londonliklar vakili Ezega nisbatan harakat dastlab penalti deb topilgan boʻlsa, VARdagi tekshiruvdan keyin 11 metrlik jarima zarbasi bekor qilindi.
Endi final masalasi 5 may kuni Londonda hal boʻladi.
" Atletiko Madrid" – "Arsenal" 1:1
Gollar: 44 - Viktor Yokeresh, 56 - Xulian Alvares.
