"Vaziyatni shaxsan nazoratga oldim": Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi teatrlarga bordi
Muqimiy nomidagi akademik teatr, Yoshlar teatri hamda "Arena" yotoqxonasi binolari anchadan buyon jiddiy taʼmirtalab holatda ekani taʼkidlandi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi teatrlarga tashrif buyurdi.
Toshkent teatrlarida hayot har doim qizgʻin qaynagan. Ammo, shu bilan birga, aksariyat poytaxt teatrlarining moddiy-texnik bazasi davlat koʻmagiga oʻta muhtoj.

Poytaxtdagi uchta teatrni koʻzdan kechirildi. Muqimiy nomidagi akademik teatr, Yoshlar teatri hamda "Arena" yotoqxonasi binolari anchadan buyon jiddiy taʼmirtalab holatda.
"Biz hamma sharoitni yaratsakkina, repertuarlar yangilanib turadi, tomoshabin koʻnglidan joy oladigan, dolzarb mavzulardagi spektakllar sahnalashtiriladi", deya taʼkidladi Saida Mirziyoyeva.

Nodir qoʻlyozmalarni raqamlashtirib, kitobxonlarga taqdim etayotgan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Moliyalashtirish masalalarini hal qilish uchun masʼul shaxslar tayinlangan. PA rahbari vaziyatni shaxsan oʻzi nazoratga olganini bildirdi.
