platina.uz
Jamiyat

Uylar atrofida bolalar oʻynashi uchun maydonchalar boʻlishi lozim etib belgilandi

Jismoniy tarbiya mashgʻulotlari bilan shugʻullanish uchun maydonlar ham roʻyxatdan oʻrin olgan. 

Uylar atrofida bolalar oʻynashi uchun maydonchalar boʻlishi lozim etib belgilandi

Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar oʻynashi uchun maydonchalar boʻlishi lozim etib belgilandi.

Adliya vazirligi Koʻp kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari (roʻyxat raqami 3824, 29.04.2026 y.)ni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Boshqarish organi aholiga qulaylik yaratish maqsadida:

- koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkasida oʻrindiqlar oʻrnatishi;

- tegishli masofada chiqindilarni tashlash uchun chiqindilarni ajratuvchi oʻrnalar joylashtirishi lozim.

Uylarga tutash yer uchastkalarida quyidagi umumiy foydalanish maydonchalari boʻlishi kerak:

- maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar oʻynashi uchun;

- katta yoshdagi aholining dam olishi uchun;

- jismoniy tarbiya mashgʻulotlari bilan shugʻullanish uchun;

- maishiy chiqindilarni yigʻish uchun;

- it va boshqa uy hayvonlarini sayr qildirish uchun;

- velosiped va boshqa mobil vositalarni (samokat, nogironligi boʻlgan shaxslar va bolalarning aravachalari) saqlash uchun.

Uylarga tutash yer uchastkasi hamda infratuzilma obʼektlari obodonlashtirilishi, daraxtlar va oʻsimliklarga, oʻtish yoʻlkalari va trotuarlarga suv sepish uchun muhandislik-texnik qurilmalar bilan jihozlanishi, elektr yoritish tizimiga ega boʻlishi kerak.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid