platina.uz
Jamiyat

Elektr va gazni isteʼmolchilarni tarmoqdan ajratish va cheklov kiritish hisobidan tejashga yoʻl qoʻyilmaydi

2026 yil 1 iyuldan vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlarining yangi binolarida energiya samaradorligi boʻyicha talab qoʻyiladi. 

Elektr va gazni isteʼmolchilarni tarmoqdan ajratish va cheklov kiritish hisobidan tejashga yoʻl qoʻyilmaydi

2026 yilda energiya samaradorligi yanada oshiriladi.

"2026 yilda energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident Farmoni (PF–70-son, 29.04.2026 y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2026 yil 1 iyuldan vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari va ijtimoiy soha muassasalari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning yangi quriladigan, rekonstruksiya (modernizatsiya) qilinadigan va mukammal taʼmirlanadigan bino va inshootlarida energiya samaradorligining"S" va undan yuqori toifasiga ega boʻlish talabi kiritiladi.

Elektr energiyasi va tabiiy gazni isteʼmolchilarni tarmoqdan ajratish va cheklov kiritish hisobidan tejashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Energiya samaradorligi milliy agentligiga Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi orqali energiya servis kompaniyalari (ESKO) tomonidan davlat buyurtmalari asosida koʻrsatiladigan energiya servis xizmatlari uchun kafolatlangan toʻlovlarni amalga oshirish huquqi beriladi.

2026 yildan har yili energiya sarfi belgilangan normativlardan keskin oshib ketgan davlat obʼektlarida xalqaro standartlar va energiya servis mexanizmlari asosida energiya samaradorligini tubdan yaxshilash dasturlari amalga oshiriladi.

2026 yil 1 oktabrga qadar obʼektlar kesimida katta hajmdagi maʼlumotlar (Big Data), biznes-tahlil (Business Intellegence) va sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida energiya isteʼmolini va samaradorlik koʻrsatkichlarini tahlil qilib borish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid