platina.uz
Jamiyat

Chirchiqda profilaktika inspektori qoʻlga olindi

U dastlab jinoiy guruh tomonidan fuqaroga yetkazilgan tan jarohati boʻyicha holatni "bosdi-bosdi" qilib berish evaziga 2,7 ming dollar olgan. 

Chirchiqda profilaktika inspektori qoʻlga olindi

Profilaktika inspektoriga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Toshkent viloyati Chirchiq shahar Ichki ishlar boshqarmasi profilaktika inspektori joriy yil fevral oyida 1990 y.t. I.Saidov yetakchiligidagi jinoiy guruh tomonidan 1994 y.t. fuqaroga yetkazilgan tan jarohati boʻyicha holatni “bosdi-bosdi” qilib berish evaziga undan 2700 AQSh dollari olgan va muqaddam 1000 dollarini jabrlanuvchiga bergan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, profilaktika inspektori jabrlanuvchiga 300 AQSh dollari bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, profilaktika inspektorining mazkur noqonuniy harakatiga aloqador boʻlgan hamkasbini ham jinoyat ishiga jalb qilish choralari koʻrilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid