platina.uz
Siyosat

Chexiya bosh vaziri Toshkentda rasmiy kutib olindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni qutlab, uni shohsupaga taklif qildi. Soʻngra oliy darajadagi muzokaralar boshlandi. 

Chexiya bosh vaziri Toshkentda rasmiy kutib olindi
Foto: Prezident matbuot xizmati.

30 aprel kuni Koʻksaroy qarorgohida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babishni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, uni shohsupaga taklif qildi.

Harbiy orkestr ijrosida Oʻzbekiston va Chexiya davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Marosim yakunida birgalikda suratga tushilgandan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid