Bobur Ismoilov Bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari etib tayinlandi
U avval Jizzax viloyati soliq boshqarmasi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

Bobur Ismoilov Bojxona qoʻmitasi raisining komplayens va ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Bobur Ismoilov Jizzax viloyati soliq boshqarmasi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.
Tayinlov Davlat rahbarining Murojaatnomasida 2026 yil korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha “favqulodda holat” yili deb eʼlon qilinishi doirasida amalga oshirildi.
