platina.uz
Jamiyat

Telegram orqali zararli dasturlarni sotish bilan shugʻullangan shaxs ushlandi

Fuqaro oʻzi yaratgan zararli “APK” dasturlarini 100-300 ming soʻm evaziga 10 ga yaqin akkaunt foydalanuvchilariga sotgan.

Telegram orqali zararli dasturlarni sotish bilan shugʻullangan shaxs ushlandi

Zararli dasturlarni sotish bilan shugʻullangan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Toshkent shahar IIBB xodimlari hamda “Kiberxavfsizlik markazi” DM mutaxassislari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda Telegram messenjerida zararli “APK” dasturlarni sotish bilan shugʻullangan shaxs faoliyatiga chek qoʻyildi.

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida yashovchi, 2005 y.t. fuqaro oʻzi yaratgan zararli “APK” dasturlarini 100-300 ming soʻm evaziga Telegram orqali 10 ga yaqin akkaunt foydalanuvchilariga sotgan.

Shuningdek, zararli dasturlarni sotib olgan mijozlarni texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlab, ularga foydalanish jarayonida yuzaga kelgan muammolar boʻyicha maslahatlar bergan.

Taʼkidlash lozimki, ushbu “APK” dasturlari yordamida oʻzgalarning Telegram messenjeridagi akkauntlariga ruxsatsiz ulanish, telefonlaridagi SMS xabarlarni oʻqish hamda toʻlov tizimlaridagi pul mablagʻlarini oʻzlashtirib olish mumkin.

Aniqlanishicha, mazkur shaxs Telegram messenjeridagi 5 dan ortiq guruh va kanallarning administratori hisoblanib, ularda doimiy ravishda zararli “APK” dasturlarning imkoniyatlari toʻgʻrisida postlar joylashtirgan.

Tezkor tadbir davomida undan 1 dona “Asus ExpertBook” rusumli noutbuk, 1 dona “Redmi Note 10 Pro” rusumli telefon apparati, 1 dona qattiq disk va 2 dona bank plastik kartasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid