platina.uz
Jamiyat

PPX xodimi voyaga yetmagan qizlarga tegajoqlik qilgani aytildi

Hozirda xodim lavozimidan chetlashtirildi. Agar daʼvo qilingan harakatlar tasdiqlansa, u jinoiy javobgarlikka tortilishi bildirilgan. 

PPX xodimi voyaga yetmagan qizlarga tegajoqlik qilgani aytildi

Toshkent viloyatida PPX xodimi 14 yoshli qizni dugonasi bilan birga togʻli hududga olib borib, ularga shilqimlik qilgani boʻyicha xabar tarqaldi.

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti bayonot berib, mazkur holat yuzasidan tekshiruv boshlanganini bildirdi.

Hodisa Ohangaron shahrida sodir boʻlgan. Qizning aytishicha, Spark mashinasi koʻchada toʻxtab, uning egasi qizlarni mashinga oʻtirishga majburlagan. Ular IIV xodimlaridan shubhalanmay, mashinaga oʻtirgan. Soʻngra jabrlanuvchining akasi geolokatsiya orqali borib vaziyatga aralashgan.

Voyaga yetmagan qiz xodim unga SMS xabarlari yozganini ham daʼvo qildi.

Ichki ishlar vazirligining Ichki xavfsizlik boʻlimi prokuratura bilan hamkorlikda ushbu hodisa boʻyicha darhol tergov boshladi. Hodisaning barcha ishtirokchilari va holatlari aniqlandi.

Nashrlarda tilga olingan xodim lavozimidan chetlashtirildi. Agar daʼvo qilingan harakatlar tasdiqlansa, ularning harakatlari qatʼiy qonuniy choralar, jumladan, jinoiy javobgarlikka tortiladi.

"Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining, ayniqsa voyaga yetmaganlarga nisbatan har qanday noqonuniy xatti-harakatlari qabul qilinishi mumkin emasligini va qattiq jazolarga olib kelishini taʼkidlaymiz", deyiladi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti xabarida.

Tergov natijalari keyinroq eʼlon qilinadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid