platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda Haj mavsumi 2 maydan boshlanadi

Ziyoratchilar 9 ta hudud – Toshkent, Namangan, Fargʻona, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz va Urganch shaharlaridagi aeroportlardan Madina shahriga toʻgʻridan-toʻgʻri uchadi. 

Oʻzbekistonda Haj mavsumi 2 maydan boshlanadi

Oʻzbekistondagi 2026 yilgi Haj mavsumi 2 maydan boshlanadi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

18 mayga qadar har kuni yurtimizdan Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

Ziyoratchilar yurtimizning 9 ta hududi – Toshkent, Namangan, Fargʻona, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz va Urganch shaharlaridagi aeroportlardan Madina shahriga toʻgʻridan-toʻgʻri uchadi.

Hamyurtlarimizni Madina shahriga yetkazish Saudiya Arabistonining FlyAdeal aviakompaniyasi tomonidan, hojilarni ona-Vatanimizga olib kelish esa Uzbekistan Airways tomonidan amalga oshiriladi.

Haj tadbirlarini tashkil etish boʻyicha quyidagi tayyorgarlik ishlari jadal amalga oshirilmoqda:

– ziyoratchilar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, meningit kasalligiga qarshi emlandi;

– boʻlgʻusi hojilarning rasmiy haj vizalari va boshqa zarur hujjatlarni rasmiylashtirish yakunlandi;

– ziyoratchilarga guruh rahbarlari biriktirilib, safar oldi mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda.

Ayni paytda Saudiya Arabistonida boʻlib turgan "Haj – 2026" mavsumi ilk ishchi guruhlari hamkor tashkilotlar bilan birga mehmonxonalar, Mino va Arofot vodiylarida ziyoratchilar ibodatlarini ado etishi uchun munosib sharoitlar tayyorlash boʻyicha faol ish olib bormoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid