platina.uz
Iqtisod

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi

Asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi yigʻilish 2026 yil 17 iyun kuniga belgilangan. 

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank boshqaruvining 2026 yil 29 apreldagi yigʻilishi yakunlari eʼlon qilindi.

Unga koʻra, Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi.

2026 yil mart oyida umumiy inflyatsiya yillik 7,1 foizgacha, bazaviy inflyatsiya esa 5,7 foizgacha pasaydi.

Umumiy inflyatsiya pasayishda davom etib, 2026 yil yakunida 6,5 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.

Iqtisodiyotning barcha sohalarida yuqori oʻsish surʼatlari kuzatilmoqda: 2026 yil uchun iqtisodiy oʻsish prognozi 7–7,5 foizgacha oshirildi.

Tashqi iqtisodiy muhitda geosiyosiy ziddiyatlar, neft va oziq-ovqat narxlari hamda logistika xarajatlari ortishi inflyatsiya uchun qoʻshimcha tashqi xatarlar yaratmoqda.

Markaziy bankning pul-kredit siyosati inflyatsiyani 5 foizlik maqsadli darajaga pasaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va aholining xarid qobiliyatini saqlashga qaratilgan boʻlib qoladi.

Asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi yigʻilish 2026 yil 17 iyun kuniga belgilangan, deyiladi xabarda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid