“Bavariya”ga qarshi “otishma”da PSJ gʻalaba qozondi
Yevropa chempionlar ligasi yarim final oʻyinida 9 ta gol urildi.

Yevropa chempionlar ligasi yarim final birinchi oʻyinida PSJ oʻz maydonida “Bavariya”ni qabul qildi va gʻalabaga erishdi.
Final oldidan final maqomini olgan ushbu uchrashuvda muxlislar 9 ta gol koʻrishdi. Oʻyin esa finalga xos tarzda oʻtdi. Har ikki jamoa bir-biridan qolishmaydigan darajada futbol namoyish etib berdi.
Endi javob oʻyini Myunxenda 6 may kuni boʻlib oʻtadi.
YeChL, yarim final, birinchi oʻyin
PSJ – “Bavariya” – 5:4 (3:2)
Gollar: Harri Keyn, 17 pen (0:1). Xvicha Kvaratsxeliya, 24 (1:1). Joau Nevesh, 33 (2:1). Maykl Olise, 41 (2:2). Usmon Dembele, 45+5 pen (3:2). Xvicha Kvaratsxeliya, 56 (4:2). Usmon Dembele, 58 (5:2). Dayo Upamekano, 65 (5:3). Luis Dias, 68 (5:4).
