Bagʻdod tumaniga yangi hokim tayinlandi
Hojiqoʻzijon Isaqov avval Fargʻona viloyati hokimining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari sifatida ham ishlagan.

Bagʻdod tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda Fargʻona viloyati hokimligi xabar berdi.
Bugun Xalq deputatlari Bagʻdod tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.
Sessiyada lavozimidan ozod etilgan Gʻanijon Soliyev oʻrniga yangi tuman hokimini tayinlash bilan bogʻliq tashkiliy masala koʻrildi.
Hozirga qadar Fargʻona viloyati 426-xoʻjaliklararo ixtisoslashgan koʻchma mexanizmlar kolonnasi masʼuliyati cheklangan jamiyati boshligʻi boʻlib ishlab kelgan Hojiqoʻzijon Isaqov Bagʻdod tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Hojiqoʻzijon Isaqov avval Fargʻona viloyati hokimining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari sifatida ham ishlagandi.
Avval Fargʻonada Beshariq tumani va Margʻilon shaharlarida ham hokim oʻzgargandi.
