platina.uz
Jamiyat

Ziroat Mirziyoyeva "Bahor bilan hamnafas" festivalida ishtirok etdi

Yosh dizaynerlar Hamid Olimjon sheʼriyatidan ilhomlanib yaratilgan yorqin liboslar toʻplamini namoyish etdi. Xivaning yangi yashil jamoat makonini barpo etish tadbiri ham boʻlib oʻtdi. 

Ziroat Mirziyoyeva "Bahor bilan hamnafas" festivalida ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva ekomaktab oʻquvchilari va mahalliy aholi bilan birgalikda Xivaning yangi yashil jamoat makonini barpo etishda ishtirok etdi.

Yaqin-yaqingacha boʻsh turgan qariyb 8 gektarlik maydonga hududning tabiiy-iqlim sharoitidan kelib chiqib tanlangan 3 ming tupdan ortiq daraxt va oʻsimlik koʻchatlari oʻtqazilmoqda.

Yangi bogʻ nafaqat shaharga koʻrk bagʻishlaydi, balki hududning ekologik holatini yaxshilashga muhim hissa qoʻshib, aholi uchun soʻlim dam olish va muloqot maskaniga aylanadi.

Xorazm zaminining noyob merosi aynan bahorda oʻzgacha jilvalanadi. Bu esa Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Margʻilon shaharlaridagi "Zamin Creative" inklyuziv ijod studiyalari dizaynerlari, fotosuratchilari hamda aktyorlarini befarq qoldirmadi.

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi aʼzolari tabiat uygʻonishi va yangilikni bosh gʻoya sifatida olgan "Bahor bilan hamnafas" festivalining faol ishtirokchilariga aylandi.

Yosh dizaynerlar Hamid Olimjon sheʼriyatidan ilhomlanib yaratilgan yorqin liboslar toʻplamini namoyish etdi.

Fotosuratchilar esa yangilikning paydo boʻlish lahzasini tadqiq etishga bagʻishlangan "Ibtido" nomli ajoyib oq-qora koʻrgazmani yarata oldi. Aktyorlar boʻlsa barchaga milliy raqs va zamonaviy xoreografiya muhitini hadya etdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid