platina.uz
Siyosat

Saida Mirziyoyeva Xivadagi tarixiy binolarni koʻzdan kechirdi

Qadimiy markazning master-rejasi, yodgorliklarni restavratsiya qilish va muzeyga aylantirish masalalari muhokama etilgan. 

Saida Mirziyoyeva Xivadagi tarixiy binolarni koʻzdan kechirdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xivadagi tarixiy binolarni koʻzdan kechirdi.

Jumladan, Xivada Ichan-qalʼadagi asosiy obʼektlar — “Toshhovli” saroyi, Muhammad Amin inoq va Muhammad Aminxon madrasalari, Juma masjidi, “Koʻhna Ark” majmuasini koʻzdan kechirildi.

"Qadimiy markazning master-rejasi, shuningdek, yodgorliklarni restavratsiya qilish va muzeyga aylantirish masalalarini muhokama qildik.

Umumiy tarixiy ildizlarimiz, betakror milliy oʻzligimizni asrab-avaylash maqsadida Xorazm viloyatida madaniy merosni muhofaza qilish dasturi ishlab chiqiladi", deyiladi xabarda.

Avvalroq Saida Mirziyoyeva Prezident qarorlari ijrosini oʻrganish maqsadida Xorazmga borgani xabar berilgandi.

Yuzdan ortiq muammoli masala qisqa fursatda oʻz yechimini topdi. Obʼektlarning soni va koʻlamidan qatʼi nazar, ularning barchasi bitta-bitta, sinchiklab va oxirigacha oʻrganib chiqilishi aytilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid