platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi 6,8 mln soʻmdan oshdi

Toshkent shahrida respublika boʻyicha eng baland oʻrtacha maosh miqdori qayd etilgan boʻlib, oʻrtacha 11 mln 684 ming soʻmni tashkil etdi. 

Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi 6,8 mln soʻmdan oshdi

Milliy Statistika qoʻmitasi Oʻzbekistondagi oʻrtacha oylik ish haqilari boʻyicha maʼlumot berdi.

2026 yilning yanvar-mart (I chorak) yakunlari boʻyicha Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi va uning hududlar hamda sohalar kesimidagi holati taqdim etilgan.

​2026 yilning birinchi choragida respublika boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi 6 825,9 ming soʻmni (taxminan 6,8 mln soʻm) tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 17,4 % ga oʻsgan.

Toshkent shahrida respublika boʻyicha eng baland maosh miqdori qayd etilgan boʻlib, oʻrtacha 11 mln 684 ming soʻmni tashkil etdi. (18,8 foiz oʻsish)

Bu iqtisodiyotning yirik tarmoqlari, moliyaviy xizmatlar va axborot texnologiyalari markazlari Toshkentda joylashganligi bilan izohlanadi.

Ikkinchi oʻrinda Navoiy viloyati turadi, bu yerda oʻrtacha ish haqi 8 mln 453 ming soʻmga teng. Bu hududdagi yirik togʻ-kon sanoati va metallurgiya korxonalarining taʼsiri katta.

​Kuchli uchlikni Toshkent viloyati yakunlaydi, bu yerda oʻrtacha koʻrsatkich 6 mln 169 ming soʻm.

Shu bilan birga, oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi Sirdaryo viloyatida 5 369,9 ming soʻmni (114,9 %), Xorazm viloyatida 5 302,4 ming soʻmni (114,9 %), Andijon viloyatida 5 580,9 ming soʻmni (114,4 %), Qashqadaryo viloyatida 4 665,2 ming soʻmni (114,3 %), Qoraqalpogʻiston Respublikasida 5 318,8 ming soʻmni (114,0 %), Toshkent viloyatida 6 169,6 ming soʻmni (113,9 %) hamda Surxondaryo viloyatida 4 724,2 ming soʻmni (112,1 %) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan oʻsish surʼati pastroq ekanligi kuzatildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid