platina.uz
Jamiyat

Namanganda bank bosh yuriskonsulti qoʻlga olindi

U kreditini toʻlay olmagan klinikaning garov sifatida qoʻyilgan mulklarining auksionga chiqarilishini kechiktirishdan foyda olmoqchi boʻlgan. 

Namanganda bank bosh yuriskonsulti qoʻlga olindi

Namanganda bank bosh yuriskonsultiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Namangan viloyatidagi banklardan birining bosh yuriskonsulti xizmat mavqeidan foydalanib, shaxsiy boylik orttirmoqchi boʻlgan.

U Namangan shahridagi xususiy tibbiy klinikalardan biri mazkur bankdan 2021 yilda olgan 16,2 mlrd soʻm kredit mablagʻlarini oʻz vaqtida toʻlay olmaganligidan foydalanishga uringan. Jumladan, garov taʼminoti sifatida qoʻyilgan mulklarning auksion savdolariga chiqarilishini 5-6 oyga choʻzib turish va keyinchalik ularni klinikaga qaytarib berish masalasini ijobiy hal etish evaziga 3 ming AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda bosh yuriskonsult klinika rahbaridan soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid