platina.uz
Jamiyat

Margʻilon shahar hokimi ham ishdan ketdi

Shukurulloxon Nisbatxonov hokim boʻlib tayinlangandan 3 oy oʻtib hayfsan olgandi.

Margʻilon shahar hokimi ham ishdan ketdi

Margʻilon shahar hokimi Nisbatxonov Shukurulloxon Xolmatxonovich lavozimidan ozod etildi.

Uning oʻrniga Rustamov Elbek Rustamovich tayinlandi. Bungacha u Markaziy bank Fargʻona viloyati bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

Nisbatxonov 2023 yil avgustda tayinlangandi. Shu yil noyabrda esa “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida va 2023/2024 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarga befarqlik bilan yondashib, oʻziga yuklatilgan vazifalarga masʼuliyatsizlik bilan qaragani uchun hayfsan jazosini olgan.

Eslatib oʻtish kerak, Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki kunlik tashrif bilan Fargʻona viloyatida boʻlib qaytdi.

Tashrif paytida Beshariq va Oʻzbekiston tumanlarida ham hokimlar oʻzgardi.

Beshariq tumani hokimi boʻlib ishlagan Rasul Joʻrayev Oʻzbekiston tumaniga, avval Qoʻshtepa hokimi sifatida ishlab, prezident tanqidi bilan ishdan olingan Ilyos Novikov esa Beshariq tumaniga hokim boʻldi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid