platina.uz
Iqtisod

Fargʻonada Investorlarga xizmat koʻrsatish markazi faoliyati yoʻlga qoʻyildi

Bunday zamonaviy koʻrgazma zallarini Toshkent shahri, Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham barpo etish rejalashtirilgan. 

Fargʻonada Investorlarga xizmat koʻrsatish markazi faoliyati yoʻlga qoʻyildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrifining ikkinchi kuni Fargʻona shahridagi Investorlarga xizmat koʻrsatish markazi faoliyati bilan tanishdi.

Fargʻona shahrida tashkil etilgan “Fargʻona ekspo” xalqaro koʻrgazmalar markazi faoliyati viloyatning iqtisodiy salohiyatini keng namoyish etish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, eksportni ragʻbatlantirish va investorlar uchun qulay servis muhitini yaratishga qaratilgan.

Markaz nafaqat koʻrgazma maydoni, balki tadbirkorlar va investorlar uchun yaxlit muloqot maydonchasi vazifasini oʻtamoqda.

Besh gektar maydonni egallagan majmuada 200 dan ortiq ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulotlarini namoyish etish imkoniyati yaratilgan.

Yangi barpo etilgan 8 qavatli binoning dastlabki ikki qavati savdo, investitsiya va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlovchi tashkilotlar uchun ajratilgan. Yuqori qavatlar esa investorlar va biznes vakillari uchun ofis sifatida taqdim etiladi.

Markazda yil davomida 15 ta tarmoq yoʻnalishi boʻyicha doimiy koʻrgazma-yarmarka faoliyat yuritadi. Bu yerda davlat idoralari, ishlab chiqaruvchilar, eksportchilar va investorlar bir maydonda uchrashib, amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniga ega boʻladi.

Fargʻona tajribasining samaradorligini inobatga olgan holda, bunday zamonaviy koʻrgazma zallarini Toshkent shahri, Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham barpo etish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari markazda viloyatning sanoat va xizmat koʻrsatish salohiyatiga oid koʻrgazmalar bilan tanishdi. Mashinasozlik, elektrotexnika, zargarlik, charm-poyabzal, hunarmandchilik, tibbiyot va farmatsevtika kabi tarmoqlar mahsulotlari namoyish etildi.

Shuningdek, hudud uchun strategik ahamiyatga ega yirik investitsiya loyihalari taqdimoti oʻtkazildi. Prezidentimiz investorlar bilan suhbatlashdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid