platina.uz
Jamiyat

Beshariq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Novikov avvalroq Qoʻshtepa tumaniga rahbar ham boʻlgan. Prezident tanqididan soʻng ishdan olingandi.

Beshariq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Novikov Ilyos Valeriyevich Beshariq tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Bungacha Novikov 2018-2024 yillarda Qoʻshtepa tumani hokimi boʻlib ishlagan.

2024 yil yanvar oyi oxirida prezident Shavkat Mirziyoyev 2023 yilda 16 ta tumanda birorta koʻp qavatli uy-joy qurilmagani, hokimlar buni reja ham qilmaganini aytgan va bosh vazirga mazkur tumanlar hokimlarining lavozimiga loyiqligini koʻrib chiqishni topshirgan edi. Oʻsha paytda Novikov ham ishdan olingandi.

Beshariq tumani hokimi Rasul Joʻrayev kecha Oʻzbekiston tumaniga rahbar boʻlib tayinlangandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid