platina.uz
Jamiyat

Bank kartalari, elektron va kripto-hamyonlar maʼlumotlarini qonunga hilof ravishda birovga berganlar javobgarlikka tortiladi

Bank va toʻlov tashkilotlarida axborot xavfsizligi talablariga rioya etilmagani sababli yuzaga kelgan zararni ularning oʻzi tomonidan qoplash mexanizmi joriy etiladi. 

Bank kartalari, elektron va kripto-hamyonlar maʼlumotlarini qonunga hilof ravishda birovga berganlar javobgarlikka tortiladi

Qonunchilik palatasi deputatlari kiberxavfsizlikni taʼminlash va raqamli muhitda sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqmoqda.

Qonun loyihasi bilan bank kartalari, elektron va kripto-hamyonlar hamda ularni boshqarish imkonini beruvchi maʼlumotlarni qonunga xilof ravishda boshqa shaxslarga berganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

Shuningdek, SIM-kartalar, shaxsiy akkauntlar va identifikatsiya vositalarini boshqa shaxslarga noqonuniy berish yoki ulardan foydalanish holatlari uchun ham javobgarlik choralari kuchaytirilyapti.

Loyihada muhim axborot infratuzilmasi obʼektlarida kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanyapti. Bank va toʻlov tashkilotlarida axborot xavfsizligi talablariga rioya etilmagani sababli yuzaga kelgan zararni banklar va toʻlov tashkilotlari tomonidan qoplash mexanizmi joriy etilmoqda.

Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda. Tergov organlariga bank maʼlumotlarini taqdim etishning aniq muddatlarini belgilash hamda ushbu talablarni buzganlik uchun javobgarlik choralari qatʼiylashtirish taklif etilmoqda.

Muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasining ayrim normalarini yanada takomillashtirish zarurligini taʼkidlab, bir qator taklif va mulohazalarni bildirdilar.

Qonun loyihasi konseptual jihatdan birinchi oʻqishda qabul qilindi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid