Amanjol Ayapov Qoraqalpogʻiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri etib tayinlandi
Qoraqalpogʻiston Kasbiy taʼlim agentligiga ham direktor tayinlandi.

Qoraqalpogʻiston taʼlim tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Ayapov Amanjol Tlepovich - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.
Amanjol Ayapov tayinlovga qadar Qoraqalpogʻiston Kasbiy taʼlim agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan.
Ayimbetov Bayrambay Sharapatdinovich - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Bayrambay Ayimbetov tayinlovga qadar Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasida masʼul lavozimda ishlab kelgan.
