platina.uz
Jamiyat

Toshkentda qizlarni xorijga joʻnatish bilan shugʻullangan jinoiy guruh vakili ushlandi

Ushbu ayol 4 nafar qizlarni aldov yoʻli bilan yollab, ulardan birini oʻzi bilan birga Dubay shahriga olib ketayotgan boʻlgan. 

Toshkentda qizlarni xorijga joʻnatish bilan shugʻullangan jinoiy guruh vakili ushlandi

Toshkentda qizlarni xorijga joʻnatish bilan shugʻullangan jinoiy guruh vakili ushlandi.

Odam savdosiga qarshi kurashish yoʻnalishida DXX Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

Xususan, poytaxt hududida qizlarni xorijiy davlatlarga jinsiy ekspluatatsiya qilish uchun yuborish bilan shugʻullanuvchi jinoiy guruh vakili hisoblangan, 2002 yilda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida tugʻilgan ayol 4 nafar qizlarni aldov yoʻli bilan yollab, ulardan birini oʻzi bilan birga Dubay shahriga olib ketayotgan vaqtida Toshkent xalqaro aeroportida toʻxtatib qolindi.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi “z” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash lozimki, amaldagi qonunchilikka muvofiq, bu turdagi jinoyatlar uchun 5 yildan 10 yil muddatgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid