Saida Mirziyoyeva Prezident qarorlari ijrosini oʻrganish maqsadida Xorazmga bordi
Yuzdan ortiq muammoli masala qisqa fursatda oʻz yechimini topdi. Obʼektlarning soni va koʻlamidan qatʼi nazar, ularning barchasi bitta-bitta, sinchiklab va oxirigacha oʻrganib chiqiladi.

Saida Mirziyoyeva Xorazmda Prezidentning viloyatni ijtimoiy rivojlantirishga qaratilgan qarorlari ijrosini oʻrganmoqda.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. Yuzdan ortiq muammoli masala qisqa fursatda oʻz yechimini topdi.

Biroq obʼektlarning soni va koʻlamidan qatʼi nazar, ularning barchasi bitta-bitta, sinchiklab va oxirigacha oʻrganib chiqiladi.
“Xonqa tumanida mukammal taʼmirga juda muhtoj boʻlgan 2-maktabni, shuningdek, qarovsiz tashlab qoʻyilgan va avariya holatiga kelib qolgan 49-maktabgacha taʼlim muassasasini koʻzdan kechirdik. Davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filialida ham boʻldik", deb yozdi Saida Shavkatovna.
Hozirda oʻquv auditoriyalari hamda akademiyaning boʻlajak tarbiyalanuvchilari maktab-internati bitta binoda joylashgan.

Kelgusida qoʻshimcha bino qurilib, har bir muassasa oʻzining alohida, toʻlaqonli sharoitiga ega boʻladi.
