MKbank rahbari prezidentga yangi texnologiyalar haqida maʼlumot berdi
Shavkat Mirziyoyev “Quva Agrostar” korxonasi erishgan natijalarni yuqori baholadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatiga tashrifi chogʻida “Quva Agrostar” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Mikrokreditbank ATB investitsiyasi hisobiga tashkil etilgan Quva tumanidagi mazkur korxona yiliga 12 turdagi 5 ming tonna mahsulotni yetishtirishdan tortib, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash va eksportgacha boʻlgan jarayonlarni yagona zanjirda birlashtirgan.
Korxonaning Italiya, Ispaniya, Germaniya va Xitoydan keltirilgan zamonaviy texnologiyalari va Global GAP, ISO 22000, Halal va HACCP kabi xalqaro sertifikatlari mahsulot sifati va milliy brendga boʻlgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qilayotgani haqida davlat rahbariga Mikrokreditbank ATB boshqaruvi raisi O.Butayev batafsil maʼlumot berdi.
Davlatimiz rahbari “Quva Agrostar” erishgan natijalarni yuqori baholadi.
