Bu hafta quruq havo kuzatiladi
Ayrim joylarda qisqa yomgʻir yogʻadi, ammo havo harorati 35 darajagacha koʻtariladi.

Bu haftada Oʻzbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Faqat Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda va Fargʻona vodiysida ertaga kunning ikkinchi yarmida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi.
Kunduzgi havo harorati 26-29 daraja atrofida, janubida va choʻl hududlarda 30-33 darajagacha boʻladi.
29-30 aprel kunlari respublikaning koʻpchilik viloyatlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy hududlarida 30-aprel kuni baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatiladi. Havo harorati kunduzi 28-33 daraja, janubda va choʻl hududlarda 35 darajagacha boʻladi.
1 mayda respublikaning ayrim joylarida qisqa muddatli maxalliy yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Havo harorati deyarli oʻzgarmaydi.
30 aprelda shimoli-gʻarbiy hududlarda, 1 mayda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 28 aprelda 27-29 daraja, 29-30 aprel va 1 mayda 29-32 daraja boʻladi. Harorat asosan kechalari 14-17 daraja boʻladi.
Shamol sharqdan birozdan oʻrtacha tezlikkacha esadi.
