Angrenda yuk mashinasi YTH sodir etdi: 2 kishi qurbon boʻldi
Yana 4 nafar fuqarolar turli darajadagi tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.

Toshkent viloyati Angren shahrida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasida 2 kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi.
Joriy yilning 26-aprel kuni “A-373” avtomobil yoʻlining 93 chi kilometrida “NOWO” rusumli yuk mashinasi haydovchisi (1995 y.t) R.N. harakat vaqtida boshqaruvini yoʻqotgan va shu yoʻnalishdagi 4 ta transport vositalari bilan toʻqnashib yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.
Hodisa natijasida, “Sobalt” avtomashinasida boʻlgan haydovchi I.X. (1975 y.t.) hamda yoʻlovchi Z.T. (1986 y.t.) 2 nafar fuqarolar voqea joyida vafot etganlar.
Qolgan transport vositalarida boʻlgan 4 nafar fuqarolar turli darajadagi tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.
Hozirda holat yuzasidan, Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib “NOWO” yuk mashinasi haydovchisi R.N. protsessual tartibda ushlangan.
U hodisada tan jarohati olmagan.
