Tramp ishtirok etgan tadbirda otishma sodir boʻldi
Prezident va mehmonlar xavfsizlik tufayli evakuatsiya qilingan. Otishma sodir etgan shaxs qoʻlga olindi.

Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirok etgan tadbirda otishma sodir boʻldi.
Hodisa Vashingtondagi Washington Hill mehmonxonasida Oq uy muxbirlarining kechki ovqatida sodir boʻlgan.
Otishma ovozi eshitilgandan soʻng, Maxfiy xizmat agentlari prezidentni sahnadan evakuatsiya qilishdi.Fox News telekanalining xabar berishicha, otishma haqida xabar berilgandan soʻng, birinchi xonim Melaniya Tramp va vitse-prezident J.D. Vens ham evakuatsiya qilindi.
AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirok etgan tadbirda otishma uyushtirgan shaxs hibsga olindi. Amerika yetakchisi bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmoq platformasida yozgan.
Axios jurnalisti Mark Kaputoning soʻzlariga koʻra, hibsga olingan shaxs miltiq bilan qurollangan edi. U xavfsizlikni buzishga uringan va Maxfiy xizmat xodimiga qarata oʻq uzgan. Oʻq uning himoya vositalariga tegib ketgan va xavfsizlik xodimi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.
CNN manbalariga koʻra, otishma uyushtirgan shaxs 31 yoshli Kaliforniyalik oʻqituvchi Koul Allen ekanligi aniqlangan.
Politsiya gumondor Washington Hilton mehmonxonasida mehmon boʻlgan deb hisoblaydi. Allenning qoʻshnisi uning ruhiy salomatligi bilan bogʻliq muammolarga duch kelishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
CNN telekanalining xabar berishicha, Allenning sudi 27 aprel, dushanba kuni boʻlib oʻtadi. U oʻqotar qurol ishlatganlikda va federal zobitga qurol bilan hujum qilganlikda ayblanmoqda.
1981 yil mart oyida AQShning 40-prezidenti Ronald Reyganga aynan shu mehmonxonada suiqasd uyushtirilgandi.
