platina.uz
Jamiyat

Samarqandda salkam yarim million dollarga yer sotmoqchi boʻlganlar aniqlandi

Gumonlanuvchilardan biri 50 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan. 

Samarqandda salkam yarim million dollarga yer sotmoqchi boʻlganlar aniqlandi

2 gektar yerni 490 ming dollarga sotmoqchi boʻlishdi.

Samarqand shahrida yashovchi, 1993 y.t. shaxs Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi, 1983 y.t. fuqaro bilan til biriktirgan. Uning turmush oʻrtogʻiga issiqxona tashkil qilish uchun ajratib berilgan 2 gektar yer maydonini xaridorga 490 ming AQSh dollariga sotishini va mansabdor tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 50 ming AQSh dollari talab qiladi.

DXX, IJQKD va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 1993 y.t. shaxs 50 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur ikki fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yer uchastkalarini ajratish va sotish faqatgina “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali shaffof va qonuniy tarzda amalga oshiriladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid