platina.uz
Jamiyat

Saida Mirziyoyeva rekonstruksiya qilingan Urgutdagi poliklinikaga bordi

Prezident Administratsiyasi rahbari fermerlar oilasi – Haydarovlar xonadonida mehmon boʻlganini bildirgan. 

Saida Mirziyoyeva rekonstruksiya qilingan Urgutdagi poliklinikaga bordi

Urgut tumanida joylashgan 21-sonli "Navoiy" oilaviy poliklinikasi kapital rekonstruksiyadan soʻng mutlaqo yangi qiyofa kasb etdi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida mazkur tibbiyot maskanida amalga oshirilgan keng koʻlamli qurilish va taʼmirlash ishlari, aholiga sifatli xizmat koʻrsatish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

"Bugun davlatimiz rahbarining topshirigʻi bilan Samarqand viloyatiga bordik.

Toyloq tumanidagi barcha mahallalar aholisi toza ichimlik suvidan bahramand boʻla olishi uchun suv tarmoqlari qanday rekonstruksiya qilinayotgani va yangilanayotganini koʻzdan kechirdik.

Urgut tumanida ham boʻldik. Bu yerda yangi turar joylar, tibbiyot muassasalari, maktab va bogʻchalar qurilyapti, borlari esa yangilanib, kengaytirilmoqda", deya yozadi Mirziyoyeva.

Prezident Administratsiyasi rahbari fermerlar oilasi – Haydarovlar xonadonida mehmon boʻlganini bildirdi. Ularning tajribasini, shubhasiz, keng ommalashtirsa arziydi.

Rasmiylar Prezident topshirigʻiga koʻra tubdan qayta qurilgan “Navoiy” oilaviy poliklinikasiga ham borgan.

Bu yerdagi 16 ta qishloqning ayollariga xizmat koʻrsatayotgan tugʻruq boʻlimi eng zamonaviy talablarga javob beradi. Kuni kecha ushbu dargohda birinchi chaqaloq – Shavkatjon dunyoga keldi.

" Men buni boshlagan barcha ishlarimizning xayrli ekaniga bir ishora, deb bildim", deya taʼkidlaydi Saida Mirziyoyeva.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid