platina.uz
Jahon

YeI Ukrainaga 90 mlrd yevrolik kreditni maʼqulladi

Bundan tashqari Rossiyaga qarshi 20-sanksiyalar paketi eʼlon qilindi. 

YeI Ukrainaga 90 mlrd yevrolik kreditni maʼqulladi

Yevropa Kengashi Rossiyaga qarshi 20-chi sanksiyalar paketini, shuningdek, Ukrainaga 90 milliard yevro miqdoridagi kreditni rasman maʼqulladi.

Bu haqda Kengash raisi Antonio Kosta eʼlon qildi.

"Ukrainada adolatli va uzoq muddatli tinchlikka erishish boʻyicha Yevropa Ittifoqi strategiyasi ikkita ustunga asoslangan: Ukrainani mustahkamlash va Rossiyaga bosimni kuchaytirish. Bugun biz ikkala jabhada ham yutuqlarga erishdik", dedi Kosta X tarmogʻidagi postida.

Vengriya avvalgi vetosini bekor qilganidan soʻng, Yevropa Ittifoqi elchilari kredit va yangi sanksiyalarni maʼqulladilar.

20-chi sanksiyalar paketi Rossiya neftini dengiz orqali tashishni taqiqlashni, 46 ta tankerga cheklovlarni va Rossiya bilan kriptovalyuta operatsiyalarini cheklashni oʻz ichiga oldi. Taqiq yana 20 ta Rossiya banki bilan bitimlarga ham tegishli.

Sanksiyalar Rossiya harbiy-sanoat kompleksi bilan bogʻliq 58 ta yuridik va jismoniy shaxsni, shuningdek, Xitoy va BAA kompaniyalarini oʻz ichiga olgan 60 dan ortiq kompaniyalarni qamrab olish uchun kengaytirildi.

Yevropa Kengashining matbuot reliziga koʻra, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 20-chi sanksiyalar roʻyxatiga toʻrt nafar rossiyalik jurnalistni, jumladan, "davlat tomonidan moliyalashtiriladigan platformalarda" efirga uzatayotgan xodimlarni qoʻshdi. Jurnalistlar nomi ochiqlanmagan.

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi Rossiya ommaviy axborot vositalariga cheklovlarni kuchaytirdi. Sanksiyalar roʻyxatiga Yevropa Ittifoqida taqiqlangan ommaviy axborot vositalarining kontentini takrorlaydigan saytlar kiritilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid