platina.uz
Iqtisod

Uy-joy narxlari indeksi birlamchi bozorda 4,4 foizga pasaydi

Bunga qurib bitkazilgan xonadonlar sonining 135 mingtaga yetib, 2024 yilga nisbatan 35 mingtaga oshishi sabab boʻlgan. 2025 yilda tijorat banklari tomonidan 21,2 trln soʻm ipoteka krediti ajratildi. 

Uy-joy narxlari indeksi birlamchi bozorda 4,4 foizga pasaydi

Markaziy bank 2025 yilda Oʻzbekiston uy-joy bozori asosiy tendensiyalarni eʼlon qildi.

2025 yilda tijorat banklari tomonidan 21,2 trln soʻm ipoteka krediti ajratildi — bu 2024 yilga nisbatan 24 foizga koʻp. Kreditlarning 72 foizi birlamchi bozordagi yangi uy-joylarni sotib olishga yoʻnaltirilgan.

Ipoteka kreditlari qoldigʻi 79,4 trln soʻmga yetib, 2017 yilga nisbatan 8,2 barobarga oshgan. Shu bilan birga, ipoteka kredit oluvchilarning 50 foizdan yuqori dastlabki badal bilan ishtirok etish ulushi 22 foizga oshgan.

Qurib bitkazilgan xonadonlar sonining 135 mingtaga yetib, 2024 yilga nisbatan 35 mingtaga oshishi natijasida uy-joy narxlari indeksi birlamchi bozorda 4,4 foizga, ikkilamchi bozorda 5,9 foizga pasayib, narxlar barqaror fazaga oʻtgan.

2025 yilda Toshkent shahrida bir kvadrat metr uy-joyning oʻrtacha narxi 14,9 million soʻmni, oʻrtacha oylik ish haqi esa 10,7 million soʻmni tashkil etgan. Boshqacha aytganda, oʻrtacha ish haqi bir kvadrat metr uy-joy narxining 72 foizini qoplay oladi. 2024 yilda esa bu koʻrsatkich 58 foizni tashkil qilgan edi, yaʼni oʻtgan yilga nisbatan uy-soy sotib olish imkoniyati 14 foizga yaxshilangan.

Qarz oluvchilar tomonidan oylik toʻlovlarni qaytarish grafigiga nisbatan 3,2 barobar koʻp miqdorda (9,4 trln. soʻm) ipoteka krediti qarzdorliklari soʻndirilgan

2040 yilgacha har yili quriladigan uy-joylar sonini 421 mingtaga yetkazish va ipoteka portfelini 56,7 mlrd dollarga oshirish vazifalari belgilangan.

Yil davomida 135 mingta xonadon qurib bitkazildi (2024 yilga nisbatan 35 mingtaga koʻp). Shundan 37,2 mingtasi Toshkent shahri, 12,9 mingtasi Samarqand va 10,6 mingtasi Fargʻona viloyatiga toʻgʻri keladi.

2025 yilda uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni 295,4 mingtani tashkil etib, 15,2 foizga oʻsdi. Ushbu shartnomalarning 23,8 foizi ipoteka kreditlari yordamida amalga oshirilgan.

Ipoteka kreditlarining eng yuqori ulushi Toshkent shahri (32%), Andijon (7%) va Fargʻona (7%) viloyatlari hissasiga toʻgʻri keladi.

​Eng kam ulush Sirdaryo (2%) va Jizzax (3%) viloyatlarida qayd etilgan.

Yil davomida pudrat tashkilotlariga 4,4 trln soʻm kredit ajratilgan. Bu mablagʻlarning 40 foizi (1,7 trln soʻm) maxsus massivlarda 16,7 ming xonadonli 304 ta uy-joy qurilishiga yoʻnaltirilgan.

​Qurilishni moliyalashtirishda asosiy ulush "Oʻzsanoatqurilishbank" (19,9%), "Milliy bank" (17,6%) va "Agrobank" (16%) hissasiga toʻgʻri kelgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid