platina.uz
Siyosat

Prezident 6 hokimning lavozimiga loyiqligini koʻrib chiqishni topshirdi

Nurafshon shahar hokimi byurokratiya sababli ikki yildan beri qurilishni boshlay olmagan tadbirkorga yordam berish oʻrniga qayerdan bu maʼlumot Prezident darajasigacha yetib borganini qidirish bilan ovoraligi tanqid qilindi.

Prezident 6 hokimning lavozimiga loyiqligini koʻrib chiqishni topshirdi

Ayrim rahbarlar tadbirkorning masalasini hal qilishi oʻrniga oʻzini chetga olayotgani, muammo respublika darajasiga chiqsa, aybini berkitish uchun oʻzini oqlab yurgani tanqid qilindi.

Masalan, Nurafshon shahar hokimi byurokratiya sababli ikki yildan beri qurilishni boshlay olmagan tadbirkorga yordam berish oʻrniga qayerdan bu maʼlumot Prezident darajasigacha yetib borganini qidirish bilan ovora.

Yoki Gʻuzor, Narpay, Urganch, Yangiyoʻl, Chinoz (Salixov) tumanlari hokimlari tadbirkorlik infratuzilmasi uchun berilgan tayyor pulga haligacha loyiha boshlamagani koʻrsatib oʻtildi. Vaholanki, biznes infratuzilmasini yaxshilash uchun ushbu tumanlarga bu yil respublikadan qoʻshimcha 262 milliard soʻm berilgan.

Tegishli viloyatlar hokimlariga nomi aytilgan tuman hokimlari “aravasini torta olmayotgan boʻlsa”, bugunning oʻzida lavozimiga loyiqligini koʻrib chiqish topshirildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid