platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda havo harorati 35 darajagacha koʻtarilishi kutiladi

Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. 

Oʻzbekistonda havo harorati 35 darajagacha koʻtarilishi kutiladi

Oʻzbekistonda havo harorati 35 darajagacha koʻtarilishi mumkin. Bu haqda "Oʻzgidromet" taqdim etgan prognozda aytiladi.

​Bugun kunduzi Oʻzbekiston boʻyicha quruq va iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Havo harorati 24-27 daraja atrofida, respublika janubida va choʻl hududlarida 29-32 darajagacha boʻladi.

​Dam olish kunlari respublika hududi boʻyicha asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Faqat 25 aprel — shanba kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi shimolida va Fargʻona vodiysida baʼzi joylarda, shuningdek, 26 aprel — yakshanba kuni Toshkent viloyatida ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shanba kuni kunduzi havo 28-31 darajagacha, shimolda, janubda va choʻl hududlarida 32-35 darajagacha isiydi.

​Yakshanba kuni koʻpchilik viloyatlar boʻyicha havo harorati ushbu darajalar atrofida boʻladi. Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat 20-23 darajagacha, Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa 25-28 darajagacha pasayadi.

​24-25 aprel kunlari shimolda va choʻl hududlarida, 26 aprelda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

​Toshkentda bugun kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 25-27 daraja boʻladi.

​Shanba kuni yogʻingarchilik kutilmaydi. Yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayadi. Dam olish kunlari havo harorati 27-30 daraja atrofida boʻladi. Harorat asosan kechalari 14-17 daraja boʻladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid