Eng koʻp daromad topgan xususiy telekanallar roʻyxati eʼlon qilindi
Oʻtgan yilda telekanallarning daromadi 2024 yilga nisbatan sezilarli darajada pasaygani yoki oʻsishi sekinlashgani qayd etildi.

Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan bir qator xususiy (nodavlat) telekanallarning 2025 yildagi daromadi, sof foydasi hamda toʻlagan soliqlarini oʻrganildi. Bu haqda Pinkod nashri ochiq manbalardan foydalangan holda maʼlumot berdi.
Tahlillarga koʻra, oʻtgan yilda telekanallarning daromadi 2024 yilga nisbatan sezilarli darajada pasaygani yoki oʻsishi sekinlashgani qayd etildi.
Sevimli TV
Sevimli TV telekanalining yuridik egasi hisoblangan MASTER MEDIA PRODUCTION AND BROADCAST MChJ 2025 yilda 243 mlrd 617 mln soʻm daromad topgan (2024 yilga nisbatan 4,44% oshgan). Shundan 82 mlrd 133 mln soʻm sof foyda hisoblanadi (2024 yilga nisbatan 4,1% tushgan).
Korxona 2025 yilda jami 50 mlrd 179 mln soʻm soliq toʻlagan (2024 yilga nisbatan 0,73% oshgan).
ZO‘R TV
ZO‘R TV telekanalining yuridik egasi hisoblangan TELERADIOKOMPANIYA ZO‘R MChJ 2025 yilda 199 mlrd 677 mln soʻm daromad topgan (2024 yilga nisbatan 2,01% tushgan). Shundan 53 mlrd 657 mln soʻm sof foyda hisoblanadi (2024 yilga nisbatan 24,64% tushgan).
Korxona 2025 yilda jami 27 mlrd 917 mln soʻm soliq toʻlagan (2024 yilga nisbatan 30,85% oshgan).
Uzreport TV
Uzreport TV telekanalining yuridik egasi hisoblangan UZREPORT AXBOROT AGENTLIGI MChJ 2025 yilda 113 mlrd 741 mln soʻm daromad topgan (2024 yilga nisbatan 75,99% oshgan). Shundan 444 mln 972 ming soʻm sof foyda hisoblanadi (2024 yilga nisbatan 51,08% tushgan).
Korxona 2025 yilda jami 9 mlrd 359 mln soʻm soliq toʻlagan (2024 yilga nisbatan 56,5% oshgan).
Milliy TV
Milliy TV telekanalining yuridik egasi hisoblangan UNIVERSAL CONTENT HUB MChJ 2025 yilda 101 mlrd 822 mln soʻm daromad topgan (2024 yilga nisbatan 26,01% tushgan). Telekanal 2025 yilda sof foyda koʻrmagan, aksincha yilni 2 mlrd 935 mln soʻm zarar bilan yopgan.
Korxona 2025 yilda jami 27 mlrd 843 mln soʻm soliq toʻlagan (2024 yilga nisbatan 42,57% oshgan).
MY5 TV
“Mening yurtim” (MY5) telekanalining yuridik egasi hisoblangan OZOD YURT TO‘LQINLARI MChJ 2025 yilda 86 mlrd 224 mln soʻm daromad topgan (2024 yilga nisbatan 21,55% tushgan). Shundan 1 mlrd 304 mln soʻm sof foyda hisoblanadi (2024 yilga nisbatan 70,55% tushgan).
Korxona 2025 yilda jami 11 mlrd 695 mln soʻm soliq toʻlagan (2024 yilga nisbatan 16,55% oshgan).
Renessans TV
Renessans TV telekanalining yuridik egasi hisoblangan RENESSANS TV MChJ 2025 yilda 19 mlrd 113 mln soʻm daromad topgan (2024 yilga nisbatan 16,18% tushgan). Shundan 1 mlrd 863 mln soʻm sof foyda hisoblanadi (2024 yilga nisbatan 48,26% tushgan).
Korxona 2025 yilda jami 4 mlrd 218 mln soʻm soliq toʻlagan (2024 yilga nisbatan 3,87% oshgan).
2025 yil yakunlariga koʻra, eng koʻp daromad va sof foyda olgan hamda eng koʻp soliq toʻlagan telekanal sifatida Sevimli TV qayd etildi.
