platina.uz
Jamiyat

"Credit House" ishi boʻyicha sud hukmi eʼlon qilindi

MChJ rasmiylari mijozlarga oson shartlarda uy-joy olib berishni vaʼda qilgandi. Jinoyat doirasida yetkazilgan zararni jabrlanuvchilar foydasiga solidar tartibda sudlanuvchilardan undirilishi belgilangan. 

"Credit House" ishi boʻyicha sud hukmi eʼlon qilindi

Bugun jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tuman sudida "Credit House" ishi doirasida B. A. va boshqalarga (jami 9 nafar sudlanuvchi) nisbatan yuritilgan jinoyat ishi yuzasidan sud hukmi eʼlon qilindi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.

Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 168, 170, 189, 28,192-11 va 192-11 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, jinoyatdagi ishtiroki doirasida ularning bir nafariga BHMning 234,5 baravari soʻm miqdorida jarima, qolganlarga 6,5 yildan (3 yil sinov muddati sharti bilan) 9 yilgacha muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi.

Jinoyat doirasida yetkazilgan moddiy zararni jabrlanuvchilar foydasiga solidar tartibda sudlanuvchilardan undirilishi belgilandi.

Bundan tashqari manfaatdor taraflarga qonuniy huquq va manfaatlarga yetkazilgan qoʻshimcha moddiy va maʼnaviy zararlarni undirish masalasida fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga murojaat qilish huquqlari tushuntirildi.

Taraflar sud hukmiga nisbatan qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining apellyatsiya/kassatsiya instansiyasiga shikoyat qilish (prokuror protest keltirish) huquqiga ega ekani alohida qayd etiladi.

Odamlarga oson shartlarda uy-joy olib berishni vaʼda qilgan Toshkent shahridagi “Credit House” hamda “In Fin Stroy Invest” MChJ atrofidagi gap-soʻzlar 2025 yil fevral oyida paydo boʻlgandi.

Quruvchi firmalardan uy olib, uzoq muddatga boʻlib toʻlash sharti bilan xaridorlarga sotib kelgan ushbu vositachi MChJlarning amaldorlari odamlar pulini oʻzlashtirganlikda gumonlangan.

Ish doirasida 860 nafardan ortiq fuqaro jabrlanuvchi sifatida eʼtirof qilingan va aniqlangan zarar miqdori 182 mlrd soʻm ekani aytilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid