platina.uz
Jamiyat

Chirchiqda uyushgan toʻda aʼzolari ushlandi

Ular oshkora jamoat tartibini buzib, bezoriliklar sodir etishgan, fuqarolarga ruhiy va jismoniy bosim oʻtkazish orqali pul topish bilan shugʻullanishgan.

Chirchiqda uyushgan toʻda aʼzolari ushlandi

Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish yoʻnalishida DXX va IIV organlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida oʻzlarini qonundan ustun qoʻyib, koʻcha yechimi va bezorilik bilan shugʻullangan bir guruh shaxslar qoʻlga olinib, ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Xususan:

  • Saidov Ikrom Erkinovich, 1988 yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan, muqaddam Jinoyat Kodeksining 277-moddasi bilan sudlangan;
  • Saidov Islom Erkinovich, 1990 yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan, muqaddam Jinoyat Kodeksining 267-moddasi bilan sudlangan;
  • Baizbayev Umidjon Zafar oʻgʻli, 1998 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan;
  • Rustamov Aʼzamjon Mansurovich, 2001 yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan;
  • Suponov Qurbonali Nosirovich, 2002 yilda Navoiy viloyatida tugʻilgan;
  • Farmonov Mirzoxid Shuxratovich, 1988 yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan.

Ushbu shaxslar umumeʼtirof etilgan xulq-atvor normalari va jamiyatda oʻrnatilgan yurish-turish qoidalarini mensimasdan, oshkora ravishda jamoat tartibini buzib, bezoriliklar sodir etishgan. Fuqarolarga ruhiy va jismoniy bosim oʻtkazish orqali pul topish bilan shugʻullanishgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid