Quyoshda ikki yirik chaqnash yuz berdi
Ushbu hodisalar intensivligiga qarab beshta sinfga boʻlinadi: A, B, C, M va X. Har ikkala chaqnash M sinfiga mansubdir.

Quyoshda ikki yirik chaqnash kuzatildi.
Olimlar 23 aprel kuni yarim soatdan kamroq vaqt oraligʻida sodir boʻlgan ikkita quyosh chaqnashini (M1.7 va M1.2) aniqladilar.
TASS agentligining xabar berishicha, olimlar eng kuchli sinfdan biroz pastroq boʻlgan ikkita quyosh chaqnashini aniqladilar.
M1.7 chaqnashi 23 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 9:35 da qayd etilgan va 28 daqiqa davom etgan. Birozdan keyin, soat 9:59 da, mutaxassislar 18 daqiqa davom etgan M1.2 chaqnashini aniqladilar.
Bu kattalikdagi chaqnash oxirgi marta 9 aprel kuni qayd etilgan. Quyosh chaqnashlari rentgen nurlanishining intensivligiga qarab beshta sinfga boʻlinadi: A, B, C, M va X.
