Oʻzbekistonda 2026 yilda meningokokk infeksiyasi bilan bogʻliq holatlar koʻpaydi
Respublikada 2026 yilning 1-choragida 174 ta meningokokk holati roʻyxatga olingan boʻlib, shundan 168 nafari 14 yoshgacha boʻlgan bolalarni tashkil qilgan.

2026 yilda Respublikada aholi orasida meningokokk infeksiyasi bilan bogʻliq holatlar biroz ortgan. Bu haqda Sanepidqoʻmita xabarida aytiladi.
Shu munosabat bilan, aholi ayniqsa bolalar orasida ushbu infeksiya keng tarqalishini oldini olish maqsadida 8024 doza vaksina xarid qilinib, bemorlar bilan muloqotda boʻlgan 4862 nafar fuqarolar emlash bilan qamrab olindi.
Vaksina bilan emlashga tibbiy moneligi boʻlgan bemorlar bilan muloqotda fuqarolar shifokorlar nazoratida kimyoviy profilaktika tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Respublikamizda 2026 yilning 1-choragida 174 ta meningokokk holati roʻyxatga olingan boʻlib shundan 168 nafari 14 yoshgacha boʻlgan bolalarni tashkil qilmoqda qilmoqda.
Kasallik dinamikasiga koʻra, aprel oyida mart oyiga nisbatan 14 foizga kamayganligi kuzatilmoqda, deyiladi Sanepidqoʻmita xabarida.
Meningit oʻzi nima va u nimasi bilan xavfli?
Meningit — bu bosh va orqa miya pardalarining yalligʻlanishi boʻlib, koʻpincha bakteriya yoki viruslar sababli yuzaga keladi va tez rivojlanishi bilan xavflidir.
Oldini olish choralariga quyidagilar kiradi:
- oʻz vaqtida emlanish;
- shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish;
- kasallik alomatlari kuzatilganda darhol shifokorga murojaat qilish;
- jamoat joylarida ehtiyot choralarini koʻrish;
- "Haj" va "Umra" safarlariga borishdan avval meningokokk infeksiyasiga qarshi emlanishlarini ziyoratdan kelgandan soʻng ommaviy tadbirlardan cheklanishni tavsiya qilinadi.
