platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev BMTning Atrof-muhit boʻyicha dasturi ijrochi direktori bilan muloqot oʻtkazdi

Inger Andersen Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan “Yashil makon”, “Biomeros”, “Toza havo,” “Chiqindisiz hudud” va “Ekomadaniyat” kabi milliy loyihalarni yuqori baholadi. 

Shavkat Mirziyoyev BMTning Atrof-muhit boʻyicha dasturi ijrochi direktori bilan muloqot oʻtkazdi
Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida oʻtayotgan Mintaqaviy ekologik sammit doirasida BMTning Atrof-muhit boʻyicha dasturi ijrochi direktori Inger Andersen bilan muloqot qildi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish va iqlim muammolariga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.

Oʻzaro hamkorlik, shu jumladan, milliy ekologik maʼruzalarni tayyorlash, atrof-muhit monitoringi tizimini takomillashtirish va institutsional salohiyatni mustahkamlash masalalarida izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Ijrochi direktor Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan “Yashil makon”, “Biomeros”, “Toza havo,” “Chiqindisiz hudud” va “Ekomadaniyat” kabi milliy loyihalarni yuqori baholadi. Ularning ekologik barqarorlikni taʼminlash va aholi turmush sifatini oshirishdagi ahamiyati qayd etildi.

Inger Andersen, shuningdek, Oʻzbekiston Prezidentining bugungi sammitda ilgari surilgan tashabbuslarini roʻyobga chiqarish boʻyicha amaliy sheriklikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid