platina.uz
Jamiyat

Andijonda bank mansabdori 40 ming dollar bilan ushlandi

U kredit taʼminoti uchun garovga qoʻyilgan mulklarni auksion va toʻgʻridan-toʻgʻri sotuvga chiqarish vakolatiga ega boʻlgani holda shaxsiy boylik orttirishni maqsad qilgan. 

Andijonda bank mansabdori 40 ming dollar bilan ushlandi

Andijonda bank mansabdori 40 ming dollar pora bilan ushlandi.

Respublikadagi banklardan birining Andijon viloyati bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari kredit taʼminoti uchun garovga qoʻyilgan mulklarni auksion va toʻgʻridan-toʻgʻri sotuvga chiqarish vakolatiga ega boʻlgani holda, xizmat mavqeidan foydalanib, shaxsiy boylik orttirishni maqsad qilgan.

U kredit taʼminoti uchun garovga qoʻyilgan, Asaka tumanida joylashgan, umumiy bahosi 16,8 mlrd soʻmlik xususiy davolash markazining 4 qavatli binosi auksion savdo platformasida sotuvdan qaytganligidan foydalangan. Bino narxini 12 mlrd soʻmga tushirgan holda, bank tashkiloti hisobiga olib, mahalliy tadbirkorga auksion savdolarisiz 7 yil muddatga foizsiz kredit hisobidan olib berish evaziga 90 ming AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu mansabdor shaxs 40 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid