platina.uz
Jahon

Rossiya ichki ishlar vaziri KXDRga bordi

Tomonlar huquqni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishadi. Shimoliy Koreya Rossiyani Ukraina urushida eng koʻp qoʻllayotgan davlatlardan biridir. 

Rossiya ichki ishlar vaziri KXDRga bordi

Rossiya Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev Pxenyanga ishchi tashrif bilan bordi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi vakili Irina Volk maʼlumot berdi.

Uning soʻzlariga koʻra, vazir Shimoliy Koreya jamoat xavfsizligi vaziri Pan Du-Sub bilan muzokaralar olib boradi. Tomonlar huquqni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishadi.

Tashrif doirasida boshqa ishchi uchrashuvlar va xotira tadbirlari ham rejalashtirilgan.

23 mart kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Shimoliy Koreya raisi Kim Chen Inning Rossiyaga tashrifi diplomatik kanallar orqali sana boʻyicha kelishib olingandan soʻng amalga oshirilishi mumkinligini maʼlum qildi.

Vladimir Putin Pekindagi muzokaralardan soʻng Shimoliy Koreya yetakchisiga 2025 yil 3 sentabrda Rossiyaga tashrif buyurishga taklifnoma yubordi. 2026 yil mart oyida Rossiya prezidenti ham Kim Chen Inni qayta saylangani bilan tabriklab, ikki mamlakat oʻrtasida strategik sheriklikni rivojlantirish niyatini tasdiqladi. Shimoliy Koreya Rossiyani Ukraina urushida eng koʻp qoʻllayotgan davlatlardan biridir. Oʻtgan yillar davomida Pxenyan Moskva ixtiyoriga oʻn mingdan oshiq askar yuborgani aytiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid