Oʻnta hududda bojxona boshqarmasi rahbarlari oʻzgardi
Andijonda rahbarlik qilgan Bahodir Qutlimuratov Qoraqalpogʻiston bojxona boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

Bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmalari rahbariyatida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Jumladan, Bojxona qoʻmitasi Raisining buyrugʻi bilan polkovnik Qutlimuratov Bahodir Abdullayevich Bojxona qoʻmitasining Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi lavozimidan ozod etilib, Qoraqalpogʻiston bojxona boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Polkovnik Umarov Kaxramon Akbarovich Bojxona qoʻmitasining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi lavozimidan ozod etilib, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Mayor Xashimova Nargisa Rustamovna Bojxona qoʻmitasining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasining Moliya-iqtisodiyot shuʼbasi bosh inspektori lavozimidan ozod etilib, Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Mayor Azimova Dildora Mukimovna Bojxona qoʻmitasining “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Bojxona toʻlovlari va statistikasi shuʼbasi boshligʻi lavozimidan ozod etilib, Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Podpolkovnik Fayzullayev Jasurbek Shavkatovich Bojxona qoʻmitasining Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi lavozimidan ozod etilib, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Polkovnik Salixov Shovkat Sanʼatovich Bojxona qoʻmitasining Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi lavozimidan ozod etilib, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Podpolkovnik Kodirov Umidjon Suxbatjonovich Bojxona qoʻmitasining Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi lavozimidan ozod etilib, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Podpolkovnik Agzamxodjayev Iskandar Yalkinovich Bojxona qoʻmitasining “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshligʻi lavozimidan ozod etilib, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Mayor Mirzaxmedova Dilafruz Farxatovna Bojxona qoʻmitasining Bojxona rasmiylashtiruvi markazi “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postining Bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish guruhi katta inspektori lavozimidan ozod etilib, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshligʻi etib tayinlandi.
Polkovnik Turdaliyev Zafarjon Toxirjonovich Bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi boshligʻi lavozimidan ozod etilib, Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Podpolkovnik Toʻrayev Shavkat Shonazarovich Bojxona qoʻmitasining Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod etilib, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
