platina.uz
Jahon

OAV: Eron AQSh bilan muzokaralarni davom ettirishga rozi boʻldi

AQSh vitse-prezidenti J.D. Vens urushni tugatishga qaratilgan ehtimoliy kelishuv yuzasidan Pokiston poytaxtiga boradi.

OAV: Eron AQSh bilan muzokaralarni davom ettirishga rozi boʻldi

OAV xabariga koʻra, Eron AQSh bilan ikkinchi tur muzokaralariga rozi boʻlgan.

Eron hozircha urushga chek qoʻyish boʻyicha muzokaralarda ishtirok etishini rasman tasdiqlamagan boʻlsa-da, ommaviy axborot vositalari Islom Respublikasi Oliy rahbaridan tegishli ruxsat olingani haqida xabar bermoqda.

Axios nashri bergan maʼlumotlarga koʻra, AQSh vitse-prezidenti J.D. Vens urushni tugatishga qaratilgan ehtimoliy kelishuv yuzasidan Eron bilan muzokaralar oʻtkazish uchun Pokiston poytaxtiga boradi.

Eron tomoni muzokaralarning ikkinchi bosqichida qatnashishini hali hamon tasdiqlagani yoʻq. Axios nashrining yozishicha, Oq uy dushanba kuni davomida Tehrondan muzokarachilar guruhi Islomobodga yuborilishi haqida ishora kutgan.

Manbaning taʼkidlashicha, eronliklar Islom inqilobi posbonlari korpusining bosimi tufayli jarayonni kechiktirmoqda Korpus qatʼiy pozitsiyada turib, AQSh tomonidan Hormuz boʻgʻozi blokadasi bekor qilinmaguncha muzokaralar oʻtkazilishiga qarshi chiqmoqda.

"Eron delegatsiyasi Oliy rahbar (Mujtaba Xomanaiy)dan ruxsat kutayotgan edi. Manbaga koʻra, bu rozilik dushanba kuni kechqurun olingan", — deb yozadi Axios.

AQSh–Eron muzokaralari atrofida noaniqlik hukm surmoqda: Tramp uchrashuvlar tez orada boʻlib oʻtishini vaʼda qilgan boʻlsa-da, Tehron hozircha ularni rejalashtirmayotganini bildirgan.

Kecha Eron tomonidagi manba Reuters agentligiga bergan intervyusida, rasmiy bayonotlarga qaramay, Tehron muzokaralarda ishtirok etish imkoniyatini koʻrib chiqayotgani, biroq yakuniy qaror qabul qilinmaganini aytdi. Pokistondagi manba esa agentlikka sulh muddati seshanba kuni soat 20:00 da (Grinvich boʻyicha yarim tunda) tugashini maʼlum qildi.

"Tramp amalda muddatni bir kunga uzaytirdi. Sulh kelishuvida koʻrsatilgan ikki haftalik muddat seshanba kuni tugashiga qaramay, u muddat chorshanba kuni kechqurungacha ekanini aytdi", — deya xabar beradi Axios.

Ikki manbaning maʼlum qilishicha, Vens seshanba kuni ertalab Pokistonga uchib ketadi, uchinchi manba esa joʻnab ketish dushanba oqshomida sodir boʻlishi mumkinligini aytgan. Biroq Reuters manbasiga koʻra, Vens hali ham Qoʻshma Shtatlarda boʻlib turibdi. Boshqa bir manba Amerika delegatsiyasi hali yoʻlga chiqmaganini, ammo tez orada Islomobodga borishni rejalashtirayotganini aniqlashtirdi.

CNN manbalari ham ushbu maʼlumotni tasdiqlab, AQSh va Eron delegatsiyalarining ikkinchi bosqich uchrashuvi chorshanba, 22 aprelga belgilanganini bildirishdi. Shunga qaramay, AQSh va Eron oʻrtasidagi doimiy keskin bayonotlar tufayli vaziyat beqarorligicha qolmoqda.

Oq uy CNN telekanaliga hozircha rasmiy sana belgilanmaganini, ammo delegatsiya tez orada joʻnab ketishi kutilayotganini maʼlum qildi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp New York Post gazetasiga bergan intervyusida Vensning muzokaralarda ishtirok etishini eʼlon qildi. Vens 18–19 aprel kunlari boʻlib oʻtgan muzokaralarning birinchi bosqichida ham AQSh delegatsiyasiga rahbarlik qilgan edi. Shuningdek, uchrashuvlarda Stiv Uitkoff va Jared Kushnerning ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid